Hokim ayol (premyera)
Xate Midyat shahrida sakkiz farzandi bilan yashaydigan oddiy bir ayol. Uni boshqa odamlardan ajratib turadigan yagona narsa - uning eri Midyat hokimi bo'lganidir. Ammo bir g‘aroyib kun uning hayotini va Midyatdagi hamma odamlarning hayotini o‘zgartiradi. Sababi savodsiz va ta'limsiz Xate Midyat hokimi bo'lib qoladi! U hokimiyat vazifalarini xuddi uyidagi ishlari kabi bajaradi, ammo uning farzandlari orasidagi bolalarcha raqobat hokimiyat ishlarida shunday sarguzashtlarga olib keladiki, Midyat aholisi kulgidan o‘zini tiyolmaydi.




