Agent MR-9: Yo'q qilish missiyasi (premyera)
Maxfiy agent va uning maxsus topshiriqlar guruhi xalqaro jinoyatchilik tashkilotiga qarshi kurashadi. Ushbu tashkilot shafqatsiz tadbirkor Ross tomonidan boshqariladi. U uchun hamma narsa eng muhim maqsadga – yangi jahon tartibini o‘rnatishga bo‘ysunadi. Rossning qo‘lida eng so‘nggi harbiy texnologiyalar bor, va u o‘z maqsadiga yetish yo‘lida hech narsadan qaytmaydi.




