Ta'qib 2 / Sadak 2 (premyera)
Film voqealari birinchi qismdagi hodisalardan 29 yil o‘tib rivojlanadi. O‘z joniga qasd qilishni o‘ylayotgan taksi haydovchisi Ravi ishini yopmoqchi bo‘ladi, biroq yosh qiz — Aarya uni hayotni o‘zgartiruvchi sayohatga, Kailashga olib borishga majbur qiladi. U yerda Aarya bir “muqaddas odam” bilan uchrashadi va ashxram boshqarayotgan soxta guruni fosh etishga bel bog‘laydi.




